Dars ishlanmalar

Lutfiy hayoti va ijodi.

 Chana mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi

 Bosh kelishik mavzusidagi dars ishlanma

Rim raqamlari

Z.M.Bobur  tadbir ishlanmasi

Esenin

Matematika — aqlni charxlaydi

Matematika —  fanlar  ichra shoh,   Uning  sirlaridan  bo`lingiz  ogoh.  6 ni ko`paytirish  va 6 ga bo`lish .

1.Alisher Navoiy hayoti  va ijodi

2. O`zbek she`riyatining betakror guli-Zulfiyaxonim.

3.Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi

4. Optik asboblar.

5.A. Qodiriyning «O`tkan kunlar»romani

6. Cho`yan ishlab chiqarish.

Xorazm viloyati   Urganch shahar

19- son umumta`lim maktabining

ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Zaripova  Nilufarning adabiyot fanidan

 

Mavzu:  “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusini   AKT yordamida o`rganish

                          5-sinf  III  chorak

Dars maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda buyuk shoir mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida chuqur bilim va ko`nikma hosil  qilish;
  2. tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda Navoiy ijodiga qiziqish uyg`otish,ularni yuksak ma`naviyatli,aqlan barkamol inson qilib tarbiyalash;
  3. rivojlantiruvchi maqsad:o`quvchilarni fikrlash doirasini kengaytirib, og`zaki nutqini o`stirish;

Darsning uslubi: piramida, 2 qismli kundalik, bahs-munozara.

Darsning tipi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi:  darslik,kompyuter,proyektor, A.Navoiy asarlari,  I.A. Karimovning  “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari,test va rag‘bat kartochkalari.

Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti.

1 Tashkiliy qism 3 daqiqa
2 Uy vazifasini so‘rash

Piramida metodi5 daqiqa3Yangi mavzuni yoritish 2 qismli kundalik20 daqiqa4Yangi mavzuni mustahkamlash: Elektron savollar Videorolik Testlar12 daqiqa5Darsga yakun yasash va baholash3daqiqa6Uy vazifa2 daqiqa

Darsning borishi:

 Tashkiliy qism: salomlashish, xona ozodaligini tekshirish, yo`qlama.

O`qituvchi darsni boshlashdan oldin shu kungi sana  bilan bog`liq  ma`lumotlar, yurtimizda bo`layotgan yangiliklar  aytib o`tiladi.

Uyga vazifa: So`ngra uyga vazifa  «Piramida»metodidan foydalangan holda so`raladi. Bunda har bir o`quvchi o`tilgan dars yuzasidan  bitta ijobiy fikr aytib qo`lini baland ko`taradi. Har bir guruhda bitta piramida hosil bo`ladi.

Doskaga yangi mavzu bilan birgalikda  dars rejasi yozib qo`yiladi.

REJA:

  1. Kun yangiliklari.
  2. Piramida metodi asosida uyga vazifani so`rash.
  3. Ikki qismli kundalik metodi asosida yangi mavzuni o`rganish.
  4. Mustahkamlash . Elektron savollar va test.
  5. Dars yakuni. Navoiy va zamonamiz.

Sinf 4 guruhga bo`linadi. Guruh nomlari belgilab olinadi. Masalan, “Xamsa”, “Navoiy”, “Foniy” “Mezon-ul avzon” guruhlari.

                    Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo

                        Hammasiga guvoh -yer osti.

                          Lekin do‘stlar she’r ahli aro

                          Jahongiri kam bo‘lar rosti.

                          Besh asrkim , nazmiy saroyni

                          Titratadi zanjirband bir she’r

                          Temur tig‘i yetmagan joyni

                          Qalam bilan oldi Alisher.

AKT  yordamida Prezidentimiz  Islom Karimovning «Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch» asaridan parcha  o`qib eshittiriladi. So`ngra o`qituvchi Islom Karimovning  ushbu asaridan  olingan boshqa ma`lumotlarni keltiradi.

O`qituvchi: Bundan tashqari bu asarda «Olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.»  Adabiyot kitobimizda ham yurtboshimizning ushbu asaridan bir parcha berilgan.

AKT yordamida Alisher Navoiyning hayoti va ijodi o`qib eshittiriladi.Har bir guruhga tayanch so`zlar yozilgan  qog`ozlar beriladi. Darsni o`tishdan oldin uyga vazifa qilib, Navoiy hayoti va ijodi bilan tanishib kelish aytiladi.   O`quvchilar shoir hayoti va ijodi bo`yicha  o`rganganlarini tayanch so`zlardan  foydalangan holda qog`ozning sharh qismiga yozadilar. Guruhlarga vaqt belgilanadi. Shu vaqtda AKT yordamida  A.Navoiyning «Kelmadi»   g`azaliga bitilgan qo`shiq  eshittiriladi. Qo`shiq tugashi bilan vaqt ham tugaydi. So`ngra har bir guruh taqdimoti eshitiladi. Eng yaxshi taqdimot rag`batlantiriladi.  Keyin o`quvchilar fikri  o`qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.

O`qituvchi: Alisher Navoiy ijodi haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz. A. Navoiy she`riyatga 3-4 yoshlaridan boshlab qiziqa boshlagan. U faqatgina adabiyotni emas,riyoziyot, mantiq, falsafa , tarix fanlarini chuqur o`rgangan. Musiqa va rassomchilik ilmiga qiziqqan. Shoir 1483- yil eng buyuk  «Xamsa» asarini yaratadi. Navoiydan oldin bu asarni Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy so`ngra  turkey tilda Alisher Navoiy yozishga muvaffaq bo`ladi. Xamsa 1483 yil boshlanib 1485- yil yozib tugatiladi. Bu asar 5 dostondan iborat.

  1. Hayratul- abror
  2. Farhod va Shirin
  3. Layli va Majnun
  4. Sab`ai sayyor
  5. Saddi Iskandariy

“Hayrat-ul abror” dostoni  “Yaxshi kishilarning hayraylanishi” degan ma`noni anglatadi. U 63 bob 20 maqolatdan iborat. Bu doston axloqiy falsafiy dostonlar sirasiga kiradi. Bu asarda  to`g`rilik ,rostgo`ylik kabi fazilatlar ulug`lanib, yolg`onchilik , egrilik kabi illatlar qoralanadi.  Bundan tashqari bobomiz A. Navoiy ko`plab g`azal va ruboiylar muallifidir. Bu g`azal va ruboiylar  ko`plab tillarga tarjima qilingan. Hozir o`quvchilarimiz   ruboiylardan namunalar aytib berishadi.

O`quvchi:    Boshni fido ayla ato qoshig`a,

                     Jismni qil sadqa ano qoshig`a

                     Tun- kuningg`a aylagali nur fosh

                     Birisin oy angla, birisin quyosh.

 

O`quvchi:    Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz

                      Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz

                      Har neniki sevmak ondin ortiq bo`lmas,

                      Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz

 Alisher Navoiyning «Qaro ko`zim» g`azali  kompyuterda proyektor orqali  videotasviri namoyish etiladi.

Mustahkamlash uchun har bir guruhga test savollari beriladi.

                                     TEST

1.Alisher  Navoiy  7 yoshida  “Mantiq ut tayr” dostonini sevib o`qiydi va yod oladi. Bu asar kimniki edi?

  1. Qosim Anvor

B.Sa`diy Sheroziy

C.Farididdin Attor

2.”Agar bu zotni avliyo  desak u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.” Ushbu fikr  kimga tegishli?

A.Boburga

B.I.Karimovga

C.Lutfiyga

3.Alisher  Navoiyning maktabdosh  do`sti  kim?

A.Husayn  Boyqaro

B.Abdurahmon Jomiy

C.Lutfiy

4.”Xamsa” asarini birinchilardan bo`lib kim  yozgan?

A.Alisher  Navoiy

B.Nizomiy Ganjaviy

C.Abdurahmon Jomiy

5.Alisher  Navoiy qachon vafot etadi?

A.1441-yil

B.1483-yil

C.1501-y

6.Orazin yopqoch ko`zimdin sochilur har lahza yosh,

 Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`och quyosh

Kim ushbu g`azalga o`zimning 12 ming baytimni  almashar edim,-degan edi.

A.Jomiy

B.Lutfiy

C.Samarqandiy

7.Alisher saroyga kelib o`z ishini  qaysi lavozimdan boshladi?

  1. vazir

B.muhrdor

C.hokim

8.Navoiy  taxallusining ma`nosi nima?

A.vaqtincha

B.kuy

C.she`r

9.Yosh  Alisher yoshligida qaysi kitobni butunlay yod olgan?

A.Xamsa B.Mantiq ut tayr

C.Boburnoma

10.Yurtboshimiz  o`zining qaysi asarida A. Navoiy siymosiga chiroyli ta`rif  bergan?

A.Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch

B.Barkamol avlod orzusi

C.Mustaqillikka erishish ostonasida

11.Alisher Navoiy qachon va qayerda tug`ilgan?

A.1441-yil Hirotda

B.1441- yil Bog`dodda

C.1145-yil Hirotda

12.Alisherning otasining ismi kim?

A.Xisrav Dehlaviy

B.G`iyosiddin Muhammad

C.Muhammad Bahodir

13.Alisherning qancha she`riy devoni bor?

A.5

B.6

C.7

14.Alisher Navoiy “Xamsa”si qaysi tilda yozilgan?

A.turkiy

B.forsiy

C.Hind

15.Foniy  so`zining ma`nosi

A.vaqtincha

B.kuy

  1. she`r
  2. Navoiy 1487-1488 yillarda qanday lavozimda ishladi?

A.vazir B.Astrobod hokimi

C.muhrdor

17.Ota- onasi Alisherdan qaysi kitobni bekitganlar?

A.Mantiq ut tayr

B.Xamsa

C.Boburnoma

18.Alisher  o`zbekcha she`rlariga qaysi taxallusni qo`yadi?

A.Foniy

B.Hiloliy

C.Navoiy

 Javoblar tekshirilib rag`batlantiriladi.  So`ngra har bir guruhga bittadan elektron savol beriladi.

1.Alisher yoshligida qanday sifatlarga ega bo`lgan?

2.Alisher necha yoshdan boshlab she`r, g`azallar yodlagan.Siz necha yoshdasiz? Necha she`r yod logansiz, qanday kitoblar o`qigansiz?

  1. Alisherning buyuk shaxs bo`lib yetishuvida uning yoshligidagi qaysi sifatlari muhim rol o`ynagan deb o`ylaysiz?

4.Alisher tabiatidagi qaysi fazilatlar sizga yoqdi?

O`quvchilar muhokama qilgan holda javob berishadi. Ular ham rag`batlantiriladi.

O`qituvchi  dars yakunida  Alisher Navoiy va zamonamiz mavzusida qisqacha to`xtalib o`tadi.

O`qituvchi:. Alisher Navoiy bobomiz nomi necha asrlardan buyon  nafaqat bizning yurtimizda balki butun jahonda o`chmas iz qoldirib kelayotir. A.Navoiy nomiga Moskva, Tokio, Boku  shaharlarida katta haykal o`rnatilgan. BIzning yurtimizda  A.Navoiy nomidagi milliy bog` Toshkent shahrining ko`rkiga ko`rk qo`shayapti. A. Navoiy nomli metro bekati, A. Navoiy nomli balet va Opera teatri,  Navoiy viloyati ,A.Navoiy nomidagi maktab va ko`chalar buning yaqqol misolidir.Hozir fikrimizning dalili sifatida Navoiy milliy bog`i, metro bekati, haykali hamda buyuk rassomlarning Navoiy asarlariga ishlangan suratlarini tomosha qilamiz.

So`ngra proyektor yordamida A.Navoiy haqida fotolavha qo`yib beriladi.

Dars so`ngida rag`batlar hisoblanib o`quvchilarga ballar qo`yiladi.

Uyga vazifa: «Hayrat ul-abror» dostonining nasriy bayonini o`qib kelish.