2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonini imzoladi.

«Ona Vatanim bilan faxrlanaman» mavzusida ochiq dars o’tkazildi

Urganch shahar 19-son umumiy o’rta ta’lim maktabning 6-“B”sinf rahbari Karimova Mohira “Ona Vatanim bilan faxrlanaman” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Unda Ona Vatan haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o‘quvchida ona zaminga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, vatanparvarlik, o‘z oilasiga, qarindosh urug‘lariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash, tahliliy tafakkur qilish, xulosa chiqarish va takliflar kiritish mahoratini rivojlantirish, ko‘mak beruvchi qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadiga erishildi.

Yangi yildagi rejalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatma va topshiriqlari asosida 2018 yilning 20 yanvar kuni respublikadagi jami 9628 ta umumta’lim maktablarida ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik uchun maktab rahbarlari tomonidan 2018 yilda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi taqdimotlar tashkil etildi.

Tayanch maktablar ta’lim tizimi istiqboliga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018 yil 3 yanvardagi o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligida aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Rahbarlar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 3-5 yanvar kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari rahbarlari uchun tizimda amalga oshirilayotgan yangiliklarning mazmun-mohiyatini yetkazish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishdagi bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda ularning mas’uliyatini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.