«Ona Vatanim bilan faxrlanaman» mavzusida ochiq dars o’tkazildi

Urganch shahar 19-son umumiy o’rta ta’lim maktabning 6-“B”sinf rahbari Karimova Mohira “Ona Vatanim bilan faxrlanaman” mavzusida ochiq dars o’tkazdi.

Unda Ona Vatan haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab, o‘quvchida ona zaminga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, vatanparvarlik, o‘z oilasiga, qarindosh urug‘lariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash, tahliliy tafakkur qilish, xulosa chiqarish va takliflar kiritish mahoratini rivojlantirish, ko‘mak beruvchi qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadiga erishildi.

O‘quvchilarni dars jarayonida mustaqil o‘qib, o‘rganib, o‘zlashtirib olishlari uchun tarqatma materiallar, o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, mavzuga oid matbuot nashrlari, suratlar, ma’lumotlardan foydalanildi.

Dars “To‘xtama, o‘qi, o‘rgan Koinot ilmin, Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin” shiori ostida o’tkazildi.

O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ular o‘z guruhlarini “Vatan”, “Mustaqillik” va “Istiqlol” deb nomladilar.

“Vatan” guruhi a’zolari vatan o‘z ichiga nimalarni olishini rasmlar, so‘zlar va she’riy satrlar orqali tasvirlab berdilar. “Mustaqillik” guruhi a’zolari “Sinkveyn” sxema metodi orqali mustaqillik so‘zi o‘z ichiga nimalarni olishini tasvirladilar. “Istiqlol” guruhi a’zolari istiqlol so‘zi o‘z ichiga nimalarni qamrab olishni tasvirlab berdilar.

Shuningdek o‘quvchilar o‘tilgan mavzuni ochiq va erkin o‘ylash, shaxsiy fikrlarini aytish, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Donishmandlik sahifasida atoqli arboblarning fikrlari, so’zlari, o’zbek xalq maqollari o’rganildi.

Uyga vazifa sifatida “Mustaqil O‘zbekiston – mening Vatanim” mavzusida mufassal reja tuzib insho yozish topshirig’i berildi.