«Staruxa Izergil» mavzusuda ochiq dars o’tkazildi

Rus tili fani o’qituvchisi Ro’zmetova Svetlana 9 «A» sinfida Maksim Gorkiyning «Staruxa Izergil» hikoyasi mavzusuda ochiq dars o’tkazdi.

Unda o’quvchilar 2 guruhga bo’lindi. 1 guruh Lara, 2 guruh esa Danko deb nomlandi.


O’quvchilar bir nechta shartlar orqali baholandilar. Ya’ni asar qahramonlariga ta’riflar berishdi.

Shulardan Sobirjonova Bonu, Sapayeva Yulduz va Hayitboyev Elbek darsda faol qatnashishdi. Darsda o’quvchilar asardagi g’oyaning mazmunini bilib olishdi va undan yaxshi xulosa chiqarishga xarakat qilishdi.

Darsda krosvord yechish, savollarga javob berish va qahramonlarga ta’rif berish shartlari bilan qatnashdilar.